Tegirmon majmuasida yangi avtomatlashtirilgan qadoqlash liniyasi ishga tushirildi

Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish maqsadida korxonamizda Germaniya texnologiyalari asosidagi yangi avtomatlashtirilgan qadoqlash liniyasi foydalanishga topshirildi.
Yangi uskunalar har soatda 600 tadan ortiq 50 kilogrammli qoplarni aniq vaznda to‘ldirish va mustahkam tikuv bilan yopish imkonini beradi. Natijada vagonlarga yuk ortish vaqti ikki barobarga qisqardi.
