Yangiyer Flour TradingYANGIYER FLOUR
TRADING
← Orqaga

Yangi hosil mavsumi: Qozog‘istondan navbatdagi sifatli bug‘doy partiyalari qabul qilindi

Yangiyer Flour Trading korxonasi yangi hosil mavsumi doirasida Qozog‘istonning shimoliy hududlaridan keltirilgan sara qattiq bug‘doy partiyalarini qabul qilishni boshladi.

Barcha don partiyalari korxonamizning zamonaviy sinov laboratoriyasida kleykovina miqdori, namlik darajasi va begona aralashmalar bo‘yicha to‘liq tahlildan o‘tkazildi. Laboratoriya ko‘rsatkichlariga ko‘ra, qabul qilingan don kleykovinasi 32% dan yuqori bo‘lib, xalqaro GOST standartlariga to‘la javob beradi.

Yangi partiyadan ishlab chiqarilgan SO‘FRA va MASHRAB brendi ostidagi birinchi navli unlarimiz allaqachon omborga taxlanib, hamkor novvoyxona va savdo tarmoqlariga jo‘natilmoqda.